Предыдущая публикация
Shitir-shitir kuz yog'ar,
Yuzimga mung yuz yog'ar,
Jimlik haqda qo'shig'i,
Dilga taskinso'z yog'ar.
Har tomchisi dur, billur,
Yor nigohiday huzur,
Ko'k zavqini ulashur,
Ko'zga sevgiko'z yog'ar.
Birinchi kuz yomg'iri,
Baxtli kunlardan biri,
Yorning yodi, xotiri,
Kaftga iliq muz yog'ar.
Ko'kka qadalgan nigoh,
Yuksakka to'kilar oh,
Qurilar ashk qarorgoh,
Xudoyim oz-oz yog'ar.
16.09.2025 yil
O'zbektosh To'raxonli
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев